TTJda “Mobil hayot: sport va texnologiya” mavzusida tadbir o‘tkazildi

2025-yil 1-dekabr kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o‘qituvchisi Talibjanova A.L. tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-sonli talabalar turar joyiga tashrif amalga oshirildi.

 

 

Tashrifning asosiy maqsadi — talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

Sport va texnologiya uyg‘unligidagi mashg‘ulotlar doirasida talabalar tomonidan quyidagi faoliyatlar tashkil etildi:
 - Shaxmat musobaqalari
 - Stol tennisi bellashuvlari
 - Mobil ilovalar orqali “Qadamlar soni” mini-challenge
 - Raqamli sport kuzatuv dasturlari yordamida jamoaviy mashg‘ulotlar

Ushbu faoliyatlar talabalarda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni oshirdi, sport jarayonini texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirishga va natijalarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini yaratdi.

 

 

Tadbir davomida talabalar:
 - mobil texnologiyalar yordamida jismoniy faollik darajasini nazorat qildilar;
 - natijalarni bir-birlari bilan baham ko‘rib, do‘stona raqobat muhitini yaratdilar;
 - o‘zaro muloqot orqali jamoaviylik va qo‘llab-quvvatlash madaniyatini mustahkamlashdi.

Mazkur tadbir talabalar uchun samarali dam olish, texnologiyalarni amaliy qo‘llash, sport orqali sog‘lom hayot tarzini shakllantirish hamda o‘z qiziqish va iqtidorlarini namoyon etish imkonini berdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube