TTJda muhim va dolzarb mavzu e’tibor markazida

Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutori M. Abdullayeva hamda 1-TTJ tarbiyachi-pedagogi Z. Karimova boshchiligida erta turmush qurishning oldini olish hamda giyohvandlikning salbiy oqibatlari mavzusida tarbiyaviy suhbat tashkil etildi.

Tadbir davomida bugungi yoshlar hayotida uchrayotgan psixologik bosimlar, stress holatlari, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari haqida atroflicha fikr yuritildi. Ayniqsa, stress va hissiyotga berilish noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga, jumladan, erta turmush qurish yoki zararli odatlarga berilib ketishga sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

Yoshlarni har qanday qiyin vaziyatda sabr, aql va ong bilan qaror qabul qilishga, muammolardan qochmasdan, ularni to‘g‘ri yo‘l bilan hal etish muhimligi tushuntirildi. Shuningdek, stressni yengish usullari, o‘z hissiyotlarini nazorat qilish, salbiy ta’sirlarga “yo‘q” deya olish ko‘nikmalari haqida amaliy tavsiyalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube