Joriy yilning 8- noyabr kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida Ikkinchi chet tili kafedrasi tashabbusi bilan Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, professor, filologiya fanlari doktori Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna va turk yo‘nalishi talabalari  ishtirokida “Turk tilining ahamiyati,  turkologiya, o‘zbek va jahon adabiyoti ” mavzulariga oid qiziqarli seminar trening  boʻlib oʻtdi.
Suhbat  davomida professor  Gulnoz Iskandarovna   Turkiyaning Istanbul, Konya, Izmir va Mersin  shaharlaridagi 1000 talik ro'yxatiga kirgan  nufuzli universitetlar, xizmat safari natijalari,  shuningdek, ikki davlat universitetlari o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlik, turk tili va adabiyoti yo‘nalishining istiqboldagi rejalari to‘g‘risida  ma'ruza qildi. Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube