Universitet hududida umumxalq hashari o‘tkazildi

13–14-mart kunlari mamlakatimizda Navro‘z bayrami arafasida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.

 

 

Mazkur tashabbus doirasida bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hududida ham hashar ishlari tashkil etildi. Hashar davomida universitet hududi tozalanib, atrof-muhit tartibga keltirildi. Shuningdek, daraxtlar oqlandi, yashil maydonlar parvarish qilinib, hududni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Bahoriy obodonlashtirish ishlari natijasida universitet hududi yanada ozoda va fayzli ko‘rinish kasb etdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube