Xorijiy tillar — kelajakka ochilgan eshik!
2026-yil 4-fevral kuni Toshkent shahri Uchtepa tumani 283-umumta’lim maktabida Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish markazi qoshida faoliyat yuritayotgan ingliz tili to‘garagi doirasida samarali ishlar amalga oshirildi.

Mazkur to‘garak faoliyatini olib borishda Ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabalari N. Rustamova va S. Boynazarova o‘zlarining faolligi, mas’uliyati va fidoyiligi bilan alohida e’tirof etildilar.
Ularning fan to‘garagini tashkil etish va o‘quvchilar bilan ishlashdagi namunali faoliyati maktab direktori N. Kambarova tomonidan munosib baholanib, talabalarimiz tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari tomonidan olib borilayotgan bunday amaliy mashg‘ulotlar nazariya va amaliyot uyg‘unligining yorqin ifodasi bo‘lib, yoshlarning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Fidoyi va tashabbuskor talabalarimizning bu kabi yutuqlari kelgusida yanada keng ko‘lamli natijalarga zamin yaratishiga ishonamiz.