Yangi talabalar turar joyi qurilishi doimiy e’tiborda
3-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Zakovat ko‘chasidagi 7-uy manzilida qurilayotgan yangi talabalar turar joyi qurilish maydoniga yana bir bor tashrif buyurdi.
Tashrif davomida rektor qurilish ishlarining joriy holati, sifati hamda belgilangan me’yorlarga muvofiqligini o‘rganib, ish jarayonini batafsil ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, talabalarga mo‘ljallangan yashash sharoitlari, xavfsizlik va qulayliklarni ta’minlash borasida mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Mazkur yotoqxona zamonaviy talablarga muvofiq tarzda bunyod etilmoqda hamda talabalar uchun qulay, xavfsiz va barcha zarur infratuzilmalar bilan ta’minlangan yashash maskaniga aylanishi rejalashtirilgan.