Yangi talabalar turar joyi qurilishi muntazam nazoratda
14-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet mas’ul xodimlari hamrohligida Toshkent shahri Zakovat ko‘chasi 4-uy manzilida barpo etilayotgan yangi talabalar turar joyi (TTJ) qurilish maydoniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida rektor qurilish jarayonining olib borilish tartibi va oldindagidagi rejalar bilan tanishib, mas’ullardan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda texnik va sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot oldi.
Zamonaviy talablarga mos ravishda qurilayotgan ushbu TTJ ob’ekti bo‘lajak talabalar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish maqsadida loyihalashtirilgan. Qurilish jarayonida muhandislik kommunikatsiyalari, ichki infratuzilma, energiya samaradorligi, yong‘inga qarshi tizimlar va xavfsizlik choralari kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ilxomjon Tuxtasinov talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar — xona sig‘imi, yotoqxona va o‘quv xonalari, dam olish hududlari, sanitar-gigiyena talablari haqida alohida toʻxtalib, oʻz takliflarini bildirdi.
Shuningdek, mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan muddatda va yuqori sifatda yakunlash yuzasidan topshiriqlar berdi.