Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan «Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish belgilab berilgan. Bu keng koʻlamli tashabbus doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumi boshlab yuborildi.
21 oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasining 2023-yil kuzgi mavsumini samarali tashkil etish maqsadida daraxt koʻchatlarini ekish ishlari tashkil etildi.
Unda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet rahbaryati ishtirok etib, 52 tup manzarali daraxtlarni ekishdi.
Maʼlumot oʻrnida, 2023-yil kuzgi mavsumda universitet hududiga 532 tup koʻchat ekilishi rejalashtirilgan boʻlib, bugun mazkur koʻchatlarning 52 tasi universitetning Uchtepa tumani G9A mavzesi Kichik halqa yoʻli koʻchasi 21-uy va Zakovat koʻchasi 4-uy manzilidagi hududlariga oʻtqazildi.