
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasining 2023-yil kuzgi mavsumini samarali tashkil etish maqsadida daraxt koʻchatlarini ekish ishlari davom ettirilmoqda.

28-oktabr kuni universitetning Uchtepa tumani G9A mavzesi Kichik halqa yoʻli koʻchasi 21-uy va Zakovat koʻchasi 4-uy manzilidagi hududlariga 232 tup manzarali va butasimon daraxtlar ekildi.
Unda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet rahbariyati va universitet bosh muhandisi ishtirok etdi.
 
									 
  
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
         
		 
		 
		 
		 
		