Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasining 2023-yil kuzgi mavsumini samarali tashkil etish maqsadida daraxt koʻchatlarini ekish ishlari davom ettirilmoqda.

3-noyabr kuni universitetning Uchtepa tumani G9A mavzesi Kichik halqa yoʻli koʻchasi 21-uy manzilidagi hududiga manzarali va butasimon daraxtlar ekildi.

Unda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet rahbariyati va talabalar ishtirok etdi.

Maʼlumot oʻrnida, bugunga qadar universitet hududiga 453 ta manzarali va buta koʻchatlari ekildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube