Yoshlar o‘rtasida ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli dasturi asosida universitetda maktab o‘quvchilarini ilmiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

 Iqtidorli o‘quvchilar saralanib, ilmiy salohiyati yuqori bo’lgan iqtidorli talabalar bilan “ustoz–shogird” tamoyili asosida biriktirildi.
 Mashg‘ulotlar interaktiv usullar, ijodiy topshiriqlar va amaliy yondashuv asosida tashkil etildi.
 Natijada o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalari, ilmiy fikrlashi va motivatsiyasi sezilarli darajada oshdi.

Shuningdek, ilmiy to‘garaklar, seminarlar va loyihalar orqali o‘quvchilarning nazariy bilimlari amaliyot bilan mustahkamlanmoqda.

 Mazkur ishlar yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish hamda kelajakda yetuk kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube