Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi
Bo‘lim boshlig‘i – Razakov A.X.
Qabul vaqti: Dushanba-juma (9:00-18:00 gacha)
E-mail: arazakov@uzswlu.uz
Bo‘lim faoliyati haqida ma’lumot
Universitetda ta’limni kredit-modul tizimi asosida tashkil etish, samarali boshqarish va bu borada dekanatlar, kafedralar va o‘quv jarayoniga daxldor tegishli tuzilmalar ishlarini o‘zaro muvofiqlashtirish bo‘yicha akademik faoliyatni amalga oshiradi. Bo‘limning tarkibi: 1 nafar bosh mutaxassis va 10 nafar yetakchi mutaxassisdan iborat. Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi ta’lim va talabalar bilimini baholash jarayonlarini alohida yuritish, kafedralar tomonidan ishlab chiqilgan fan resurslarini HEMIS tizimida kiritilishini nazorat qilish va ularni yaxlitlikligini ta’minlash, professor-o‘qituvchilar va talabalarni HEMIS platformasidan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish, qayta o‘qishni tashkil qilish hamda yakuniy nazoratlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
• Institutdagi mutaxassisliklar va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi o‘quv rejalarni HEMIS platformasiga kiritish va ulardagi ma’lumotlar yaxlitlikligini ta’minlash;
• Tegishli kafedralar tomonidan taqdim etilgan yakuniy nazorat topshiriqlarini umumlashtirish va HEMISga kiritilishini ta’minlash;
• Imtihonlar o‘tkaziladigan auditoriyalar fondini inobatga olgan holda yakuniy nazoratlarni o‘tkazish grafigi loyihasini ishlab chiqish;
• Tasdiqlangan yakuniy nazoratlarni o‘tkazish grafigi asosida tegishli fanlardan yakuniy nazoratlarni tashkil etish va nazorat qilish;
• Fanlardan shakllantirilgan yakuniy nazorat topshiriqlari bazasini muntazam ravishda yangilab borish;
• Institutdagi professor-o‘qituvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarini talabalar tomonidan baholash tizimini texnik qo‘llab-quvvatlash;
• Yakuniy nazoratlar tugagandan so‘ng talabalarning fanlardan o‘zlashtirish qaydnomasini tasdiqlash;
• Fanlarni o‘zlashtirmagan talabalar uchun qayta o‘qishni tashkil qilish;
• O‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilarni platformadan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish;
• Bo‘limga taalluqli bo‘lgan barcha hujjatlarni va kirish-chiqish xatlarini rasmiylashtirish;
• Institutda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy ishlarda faol ishtirok etish.