Ta`limning kredit tizimini boshqarish bo`limi Bo`lim boshlig`i – Razakov A.X. Qabul vaqti: Dushanba-juma (9:00-18:00 gacha) Email: arazakov@uzswlu.uz |
Bo`lim faoliyati haqida ma’lumot |
Universitetda ta'limni kredit-modul tizimi asosida tashkil etish, samarali boshqarish va bu borada dekanatlar, kafedralar va o'quv jarayoniga daxldor tegishli tuzilmalar ishlarini o'zaro muvofiqlashtirish bo'yicha akademik faoliyatni amalga oshiradi. Bo'limning tarkibi: 1 nafar bosh mutaxassis va 10 nafar yetakchi mutaxassisdan iborat. Ta`limning kredit tizimini boshqarish bo`limi ta’lim va talabalar bilimini baholash jarayonlarini alohida yuritish, kafedaralar tomonidan ishalab chiqilgan fan resurslarini HEMIS tizimida kiritilishini nazorat qilish va ularni yaxlitliligini ta`minlash, professor-o‘qituvchilar va talabalarni HEMIS platformasidan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish, qayta o’qishni tashkil qilish hamda yakuniy nazoratlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan. Bo`limning asosiy vazifalari: • Institutdagi mutaxassisliklar va ta`lim yo`nalishlari bo`yicha ishchi o`quv rejalarni HEMIS platformasiga kiritish va ulardagi ma`lumotlar yaxlitliligini ta`minlash; • Tegishli kafedralar tomonidan taqdim etilgan yakuniy nazorat topshiriqlarini umumlashtirish va HEMISga kiritilishini ta`minlash; • Imtihonlar o`tkaziladigan auditoriyalar fondini inobatga olgan holda yakuniy nazoratlarni o`tkazish grafigi loyihasini ishlab chiqish; • Tasdiqlangan yakuniy nazoratlarni o`tkazish grafigi asosida tegishli fanlardan yakuniy nazoratlarni tashkil etish va nazorat qilish; • Fanlardan shakllantirilgan yakuniy nazorat topshiriqlari bazasini muntazam ravishda yangilab borish; • Institutdagi professor-o`qituvchilarning o`quv mashg`ulotlarini talabalar tomonidan baholash tizimini texnik qo`llab-quvvatlash; • Yakuniy nazoratlar tugagandan so‘ng talabalarning fanlardan o‘zlashtirish qaydnomasini tasdiqlash; • Fanlarni o‘zlashtirmagan talabalar uchun qayta o‘qishni tashkil qilish; • O‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilarni platformadan foydalanish bo‘yicha malakasni oshirish; • Bo‘limga taalluqli bo‘lgan barcha hujjatlarni va kirish-chiqish xatlarini rasmiylashtirish; • Institutda amalga oshirilayotgan ma’naviy-marifiy hamda tashkiliy ishlarda faol ishtirok etish. |