BRMning 7-yo’nalishi “Arzon va toza energiya” ijrosi bo’yicha O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Amaliy fanlar №3 kafedrasi o’qituvchilari Feruz Nizomov va Nozanin Pirnazarova tashabbuslari bilan 29-noyabr kuni “Barqaror va zamonaviy energiyalar” mavzusida talabalar o’rtasida kichik tadbir o’tkazildi.
Dunyoning ko‘p joylarida elektr energiyasi va toza yoqilg'idan foydalanish imkoniyati yaxshilandi, biroq 675 million kishi hali ham tarmoqdan tashqarida, 2,3 milliard kishi esa ovqat tayyorlash uchun xavfli va ifloslantiruvchi yoqilg'idan foydalanadi.
2030-yilga kelib, O'zbekiston hukumati iqtisodiyotning energiya sarfini qariyb 50 foizga kamaytirishga, shuningdek, hamma uchun arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan foydalanishni ta'minlashga intilmoqda. Shu maqsadda iqtisodiyotning energiyani ko'p talab qiladigan tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan davlat dasturlari amalga oshirilmoqda.