2024-yilning 6-dekabr kuni  O'zDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari №3 kafedrasi Phd, v.b. dotsenti Z.A. Erdanova, kafedra katta o‘qituvchisi F. Mamatkulova hamda kafedra o‘qituvchilari H.Xujaniyozova,  G.Rashidova,  M.Sultonova, E.Raxmatova,  va L.Xayrullayeva, Ingliz tili №3 fakulteti talabalari ishtirokida “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. 

    

 

Dunyoning rivojlanishi hamda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashda birlashmog‘imiz lozim! Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir. Hech qaysi mamlakat, biron-bir hudud yoki jamiyat yo‘qki, u korrupsiyaga qarshi immunitetga ega bo‘lsa. Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab oladi. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda.

Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Bu kabi dolzarb fikrlar davra suhbatida aytib o‘tildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube