Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
20-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Morfologik xususiyatlar rus tilining fuzion tabiatining namoyon bo‘lishi sifatida” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyaning ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir an’anaviy va ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Muhokama jarayonida rasmiy opponentlar ishtirok etib, tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va nazariy-amaliy ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar va takliflar atroflicha tahlil qilindi.
Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga izlanuvchi tomonidan asosli javoblar taqdim etildi hamda ilmiy ish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.