Dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi
12-mart kuni Abdullayev Marks Komiljanovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Zamonaviy slengning kognitiv xususiyatlari: kontseptual metaforalar va mental modellar prizmasidan (ispan va rus tillari materialida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama offline hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi. Unda kafedra professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar ishtirok etib, dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir davomida dissertatsiya ishining nazariy va amaliy jihatlari muhokama qilinib, tadqiqot yuzasidan berilgan savollarga muallif tomonidan batafsil javoblar berildi. Muhokama yakunida ilmiy ish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
