Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Şarq filologiyasi fakultetida 2026–2027-öquv yilining kuz-qiş mavsumi munosabati bilan talaba-yoşlar örtasida “Energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş” şiori ostida profilaktik tarğibot tadbiri taşkil etildi.
Tadbirda Uçtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği, podpolkovnik Jumayev Ozodjon Matyakuboviç hamda bölim katta inspektori, kapitan Omonboyev Azimjon Abdurahmon öğli iştirok etib, talabalarga yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş, is gazidan zaharlanişning oldini oliş, elektr va gaz jihozlaridan töğri foydalaniş böyiça muhim tavsiyalar berdilar.
Şuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda töğri harakat qiliş, xavfsizlik çoralariga amal qiliş va ehtimoliy xavf-xatarlarning oldini oliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda universitet profilaktika inspektori S. Şerboyev hamda IPMBIB mutaxassisi M. Yuldoşeva ham iştirok etdi.
Mazkur tadbir Şarq filologiyasi fakulteti Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça dekan örinbosari U. Nazarov hamda tyutor Nilufar Mannonova tomonidan taşkil etildi.
Tadbir talaba-yoşlarning favqulodda vaziyatlarda xavfsiz harakatlaniş böyiça bilim va könikmalarini mustahkamlaşga xizmat qildi.
2026-11-13 04-23