“ENG YAXŞI HUJJATLI FILM” TANLOVIGA START BERILDI!

“ENG YAXŞI HUJJATLI FILM” TANLOVIGA START BERILDI!

8-dekabr – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari örtasida “Eng yaxşi hujjatli film” tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlovning maqsadi – yoşlar örtasida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini keng tarğib qiliş, talabalarning huquqiy savodxonligi va konstitutsiyaviy madaniyatini yuksaltiriş, ularda Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat va fuqarolik masʼuliyati tuyğularini mustahkamlaş, şuningdek, kino va media sohasidagi ijodiy salohiyatini rivojlantiriş.

Tanlovda kimlar iştirok etişi mumkin?

Tanlovda universitetning bakalavriat va magistratura bosqiçi talabalari yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda iştirok etişlari mumkin. Jamoa tarkibi 5 nafardan oşmasligi lozim.

Hujjatli filmlar uçun tavsiya etiladigan mavzular:

  • Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratiliş tarixi va taraqqiyot bosqiçlari;

  • Konstitutsiya – inson huquq va erkinliklarining kafolati;

  • Yangi tahrirdagi Konstitutsiya va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati;

  • Konstitutsiyada belgilangan yoşlar huquqlari va imkoniyatlari;

  • Qonun ustuvorligi – adolatli jamiyatning asosiy mezoni;

  • Konstitutsiya va inson qadri;

  • Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va burçlari.

Tanlovga qöyiladigan talablar:

  • Hujjatli film davomiyligi 5 daqiqadan 15 daqiqagaça bölişi;

  • Film muallif yoki mualliflar tomonidan mustaqil tayyorlanişi;

  • Mazmunan dolzarb, mavzuga mos va ijodiy yondaşuvga ega bölişi;

  • Tasvir va ovoz sifati texnik talablarga javob berişi;

  • Filmda foydalanilgan maʼlumotlar işonçli manbalarga asoslanişi;

  • Plagiatga yöl qöyilmasligi lozim.

Ğoliblar quyidagiça taqdirlanadi:

Yakka tartibdagi iştirokçilar uçun:

1-örin – bazaviy stipendiyaning 2 barobari;

2-örin – bazaviy stipendiyaning 1,5 barobari;

3-örin – bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida pul mukofoti.

Jamoaviy iştirokda ham egallangan örinlarga muvofiq har bir jamoa aʼzosiga tegişli miqdorda pul mukofoti beriladi.

Faol iştirok etgan talabalar universitet diplomi yoki taşakkurnomasi bilan taqdirlanişi mumkin.

Tanlov işlarini topşiriş muddati: 2026-yil 4-dekabrga qadar.

Tanlovda iştirok etiş istagida bölgan talabalar öz fakultetlarining yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosarlariga murojaat qilişlari mumkin.

Tanlov nizomi:

Konstitutsiyamiz – huquq va erkinliklarimiz kafolati! Öz ijodingiz, ğoyangiz va mahoratingizni namoyon eting hamda Boş qomusimizning hayotimizdagi örni va ahamiyatini hujjatli filmingiz orqali keng tarğib qiling!

 
 
FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube