Filologiya fanlari bo‘yicha PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi
26-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy kengashi majlisida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir offline va ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Azizova Nafruza Esanboyevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Insonning tashqi ko‘rinishini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvomadaniy va lingvokognitiv tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi himoya qilindi.
Himoyada universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, ilmiy rahbar, shuningdek rasmiy opponentlar ishtirok etib, jarayonni kuzatdilar va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir ilmiy bahs-munozara ruhida o‘tib, dissertatsiya natijalari ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etildi.
