2024-yil 22-noyabr kuni «Butundunyo taraqqiyot va ma'rifat kuni» munosabati bilan O'zDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari-2 kafedrasida «Kognitiv semantika fanida konseptualizasiya va kategorizasiya masalasi» mavzusida ilmiy-nazariy seminar oʻtkazildi.

Har yili noyabr oyida nishonlanadigan ushbu kunda, odatda, fanning jamiyatdagi muhim o‘rni va yuzaga kelayotgan ilmiy masalalari muhokama qilinadi, keng jamoatchilik ishtiroki zarurligi inobatga olinadi. Ushbu kun munosabati bilan ilm-fanni jamiyat bilan chambarchas bog‘lash orqali fuqarolarning ilm-fan yutuqlari haqidagi xabardorligini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Kafedra miqyosida o’tkazilgan seminar bugungi kun zamonaviy tilshunoslik sohalaridan biri bo’lmish “Kognitiv semantika” fanining obyekti va predmetiga asoslangan. 

   


Mazkur seminarning o‘ziga xos jihati unda moderator va ma'ruzachilar sifatida yosh olimlar – mustaqil tadqiqotchi va kafedra doktorantlari ishtirok etib, o‘z qiziqtirgan savollari bilan so’zga chiqdilar. Seminar yosh olimlar uchun “Kognitiv semantika” sohasidagi dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqot o‘tkazish metodlari va ularni qo‘llash yuzasidan o‘zaro tajriba almashish uchun muhim ilmiy maydon vazifasini bajardi va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube