“Mening yurtim” mavzusidagi esselar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-sonli qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 18-bandida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Vatan bo‘ylab sayohat qilamiz” shiori ostida talabalarning ijodiy safarlari tashkil etildi. Ushbu safarlar natijasida esa “Mening yurtim” mavzusida esselar tanlovi o‘tkazildi.

 

 

6-may kuni bo‘lib o‘tgan tanlovda talabalar o‘z yurtining qadimiy tarixi, madaniyati, moddiy-ma’naviy merosi va bunyodkorlik ishlariga oid taassurotlarini badiiy ifodalagan ijodiy ishlar bilan ishtirok etdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin – Olimova Shahina Botirjon qizi (Ingliz tili 2-fakulteti talabasi),
2-o‘rin – Bozorova Nilufar Shavkat qizi (Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi),
3-o‘rin – Abdumannonova Marjona Xusan qizi (Ingliz tili 1-fakulteti talabasi) deb topildi.

Tanlovning universitet bosqichi g‘oliblari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori tomonidan faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari hamda bazaviy stipendiya miqdorining bir baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube