O‘zDJTU talabasi “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovida GRAN-PRI sohibasi bo‘ldi!

O‘zDJTU talabasi “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovida GRAN-PRI sohibasi bo‘ldi!
 

2026-yilgi O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Xitoy tili ko‘prigi” xalqaro tanlovi finalchilari va g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


 “Ipak yo‘li bizni bog‘laydi — Men va Xitoy” qisqa metrajli videolar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash hamda Elchixona stipendiyalarini topshirish marosimi bugun, 16-may kuni TDShU huzuridagi Konfutsiy institutida yuqori saviyada tashkil etildi.

 



Tadbir TDShU huzuridagi Konfutsiy institutining IK katta tadbirlar zalida bo‘lib o‘tdi. Unda xitoy tilini o‘rganayotgan iqtidorli talabalar, professor-o‘qituvchilar, Xitoy madaniyat markazi hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov ham ishtirok etdi. Rektor tanlovda yuqori natijalarga erishgan hamda universitet sharafini munosib himoya qilgan talabalarni samimiy tabriklab, ularning ustozlari va ota-onalariga minnatdorlik bildirdi.

“Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovi O‘zbekiston Respublikasi OTM talabalari o‘rtasida TDShU huzuridagi Konfutsiy instituti, SamDChTI huzuridagi Konfutsiy instituti hamda Xitoy madaniyat markazi hamkorligida tashkil etildi.

Tanlovning dastlabki bosqichlarida respublika bo‘yicha 67 nafar talaba ishtirok etdi. Saralash va yarimfinal bosqichlari yakuniga ko‘ra mamlakatimizning 7 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasidan 15 nafar eng iqtidorli talabalar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Finalchilar orasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari alohida faollik va yuqori natijalarni qayd etdi. Jumladan:

 Sadullaeva Shahrizoda
 Satkulova Ulday
 Abdurahimova Munavvarxon
 Yendibayeva Gozal
 Xamidullayeva Nafisa
 Xamroeva Shaxrizoda

kabi O‘zDJTU talabalari final bosqichiga muvaffaqiyatli yo‘l oldilar va universitet sharafini munosib himoya qildilar.

 

 


Ayniqsa, O‘zDJTU talabasi Xamidullayeva Nafisa tanlovning barcha bosqichlarida yuqori natija ko‘rsatib, “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovining Respublika final bosqichida GRAN-PRI sohibasiga aylandi.

Tanlovning monolog, savol-javob va ijodiy chiqishlardan iborat 3 bosqichli shartlari yakunlariga ko‘ra, Nafisaxon o‘zining chuqur bilimlari, xitoy tilidagi ravon nutqi hamda ijodiy chiqishi bilan hakamlar hay’atining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Mazkur g‘alaba orqali Xamidullayeva Nafisa Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tadigan XXV Butunjahon “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” tanlovida O‘zbekiston nomidan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

 Talabalar guruhi bo‘yicha tanlov natijalari quyidagicha e’lon qilindi:


 1-o‘rin
Xamidullayeva Nafisa


 2-o‘rin
Xamroeva Shaxrizoda
Ibodullayeva Azizabonu


 3-o‘rin
Baxtiyorov Do‘stmuxammad
Axmedova Benazir
G‘olibjonova Mohinur

Rag‘batlantiruvchi mukofot sovrindorlari:
Saidrasuleva Shoxista
Ne’matullayev Umidjon
Erkinova Laziza
Norimbatova Zuhra
Qodirova Sevinch
Karimqulova Muslima
Nosova Angelina
Radjabova Husniya
Urdabekov Rustambek
Rahimberdiyeva Dilnavoz


Tadbir davomida g‘olib va sovrindorlarga diplom, esdalik sovg‘alari hamda maxsus Elchixona stipendiyalari topshirildi. Shuningdek, “Ipak yo‘li bizni bog‘laydi — Men va Xitoy” videolar tanlovi g‘oliblari ham tantanali ravishda taqdirlandi.

 



 Ushbu xalqaro loyiha yoshlar o‘rtasida xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi Xamidullayeva Nafisa boshchiligidagi barcha ishtirokchilarni samimiy muborakbod etadi hamda butunjahon final bosqichida ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube