Talabalar uchun “Shahidlar xotirasi” muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi
12-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-Ingliz tili fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi turk tili o‘qituvchisi N. Muminova tomonidan 1-kurs FTURK 2522 va FTURK 2523 guruh talabalari bilan birgalikda “Shahidlar xotirasi” muzeyiga tashrif uyushtirildi.
Mazkur ekskursiya talaba-yoshlarning tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik haqidagi bilimlarini boyitish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalar muzeydagi tarixiy eksponatlar, hujjatlar va ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, yurtimiz ozodligi va xalqimiz tinchligi yo‘lida fidokorona kurash olib borgan ajdodlarimizning hayoti hamda jasorati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
2026-05-14 11-01