18-oktyabr kuni O‘zDJTUda 21-oktabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan” kuniga bag‘ishlangan “Qonunda qo‘riqlangan qo‘rg‘onim ona tilim” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida Insholar tanlovidan videolavha namoyish etildi. Tadbirni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov tabrik nutqi bilan ochib berdi hamda insholar tanlovida g‘olib bo‘lgan talabalarni tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.
Tadbir mehmoni Professor Xadicha Muxitdinova so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi. O‘zbekiston Respublikasi filarmoniyasi san’atkorlari tomonidan bayramona qo‘shiqlar ijro etildi.
Bayram dasturidan universitetda faoliyat yuritayotgan chet ellik ustozlar tabrigi asosida tayyorlangan videorolik namoyishi va talabalarining chiqishlari o‘rin oldi.