“Talaba xulq-atvoridagi tashvish belgilarini erta payqash” mavzusida seminar-trening tashkil etildi
28-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tyutorlarning ijtimoiy-psixologik faolligini oshirish, talabalarda namoyon bo‘ladigan tashvish va emotsional zo‘riqish belgilarini erta aniqlash hamda ularga psixologik-pedagogik ko‘mak ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar universitet psixologi Z. Xayrullayeva, Birinchi ingliz tili fakulteti hamda Ikkinchi ingliz tili fakulteti dekan o‘rinbosarlari N. Lapasov va Z. Xasanov hamkorligida tashkil etildi.
Seminar-trening davomida talabalarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavotir, emotsional zo‘riqish, ijtimoiy chekinish, kayfiyatning beqarorligi, o‘quv motivatsiyasining pasayishi, muloqot faolligining susayishi, diqqat va e’tibor tarqoqlashuvi kabi holatlarning xulq-atvordagi tashqi belgilari haqida ma’lumot berildi.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida tyutorlarga talabalarning odatiy xulq-atvoridagi o‘zgarishlarni kuzatish, psixologik xavf omillarini o‘z vaqtida aniqlash, faol tinglash, empatik muloqot o‘rnatish, individual yondashuvni qo‘llash hamda zarur hollarda talabani universitetning psixologik xizmatiga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, trening davomida “kuzatuvchanlik”, “empatik tinglash”, “psixologik qo‘llab-quvvatlash”, “ijtimoiy moslashuv”, “emotsional holatni baholash”, “psixologik profilaktika” va “erta psixologik aniqlash” kabi tushunchalarning amaliy mazmuni yoritildi.
Tyutorlarning talabalar bilan kun