O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining “Ingliz tili tarjima nazariyasi” hamda “Ingliz tili amaliy tarjimasi” kafedralarida navbatdagi 7-sonli ma’rifat soati mazmunli va samarali tarzda o‘tkazildi.
Siyosiy-ma’rifat soati kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokida tashkil etilib, dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot va fikr almashuvlar olib borildi.
Ma’rifat soatining asosiy maqsadi — professor-o‘qituvchilarning siyosiy-ijtimoiy faolligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng yoritish hamda davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi muhim ma’lumotlar bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Seminar davomida:
- Respublikamizda yuz berayotgan siyosiy-ijtimoiy yangiliklar;
-Qonunchilik tizimidagi so‘nggi o‘zgarish va qo‘shimchalar;
- Davlat xizmatchilarining kasbiy etikasi, ma’naviy mas’uliyati va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga oid masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, ma’rifat soatida milliy qadriyatlar, ma’naviy meros hamda globallashuv sharoitida pedagogning tutgan o‘rni yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida ma’rifiy ishlarni yanada tizimli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Seminar ko‘tarinki ruhda, faol muloqot va bahs-munozaralar asosida o‘tdi.
7-sonli ma’rifat soati professor-o‘qituvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga daxldorlik hissini kuchaytirish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.