#tayinlov

Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillari institutining rektori lavozimidan ozod etildi.  

I.M.Tuxtasinov 1980-y.da tugʻilgan, pedagogika fanlari doktori, professor. 

I.Tuxtasinovning jami ilmiy-uslubiy ishlari 138 tani tashkil etib uning muallifligida 10 ta darslik, 6 ta monografiya, 84 ta oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar nashr etilib, 19 ta patent va guvohnomalar olingan. Xalqaro ilmiy texnik bazalardagi jurnallarda 9 ta maqola nashr etilgan boʻlib, “Xirsh indeksi” 19 ni tashkil etadi. Shuningdek, u tomonidan 18 ta oʻzbek tilidagi mashhur asarlar va romanlar ingliz tiliga tarjima qilingan va nashr etilgan. 

I.Tuxtasinovning rahbarligida soʻnggi 2 yilda 7 nafar professor, 9 nafar fan doktori (DSc), 25 nafar dotsent va 48 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Shu bilan birga, uning ilmiy rahbarligida 12 nafar falsafa fanlari doktori (PhD) va 2 nafar fan doktorlari (DSc) ilmiy darajalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich rahbarligida Samarqand davlat chet tillar instituti Respublikaning 28 ta OTMlari qatorida World University Rankings – 2023 xalqaro reytingida “reportyer” maqomiga ega boʻldi.

I.Tuxtasinovning tashabbusi bilan xalqaro aloqalar boʻyicha 89 ta yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi, soʻnggi 2 yilda 74 nafar xorijiy mutaxassislar jalb qilindi. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube