1-bosqich talabalari va ota-onalariga amaliy ko‘mak
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Angren fakultetida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar hamda ularning ota-onalariga turar joy masalasi bo‘yicha tushuntirish va amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Jarayon davomida talabalar va ota-onalariga turar joy, ijara xonadonlari hamda yashash sharoitlari bo‘yicha zarur ma’lumotlar taqdim etilmoqda. Shuningdek, ularni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javob berilib, turar joy masalasini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Asosiy maqsad — yangi qabul qilingan talabalar uchun o‘quv jarayonini boshlashlari bilan birga, turar joy masalasida ham qulay sharoit yaratish, ularning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni amaliy hal etishga ko‘maklashish.
2026-08-18 04-06