1-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bahor faslining boshlanishi an’anaviy tarzda sumalak tayyorlash bilan kutib olindi
Universitet rektori I. Tuxtasinov bayramni ochib berib, barcha talabalarni bahorning ilk kuni va Ramazon oyining kirib kelishi bilan samimiy qutladi. Ushbu kun tabiatning yangilanishi bilan birga, ma’naviy poklanish ramzi sifatida ham qadrlidir.
Talabalar turar joyi hovlisida joylashtirilgan doshqozon atrofida talabalar, rahbariyat va pedagoglar birgalikda sumalak tayyorlash jarayonida faol ishtirok etdilar. Har bir ishtirokchi o‘z hissasini qo‘shib, bayram kayfiyatini yanada oshirdi.
Dastur davomida iqtidorli talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va qiziqarli bellashuvlar ijro etildi. Bu esa barchaga unutilmas taassurot ulashdi.