11 nafar xitoylik o‘qituvchi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

25-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Xitoydan kelgan 11 nafar o‘qituvchi hamda universitet rahbariyati vakillari ishtirok etdi.

 

 

Uchrashuv davomida universitet va talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, talabalarining xitoy tiliga qiziqishi va o‘zlashtirish darajasi, shuningdek, o‘qituvchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar muhokama qilindi.

Xitoylik o‘qituvchilar talabalarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yuqori baholab, ular bilan ishlashdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Shuningdek, universitetda yaratilgan sharoitlar, xalqaro hamkorlik va madaniy almashinuv jarayonlari ijobiy baholandi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube