12-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ilmiy-ma’rifiy seminar tashkil etildi

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining yangrashi bilan ochildi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

 

 

Ilmiy-ma’rifiy seminarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich so‘zga chiqib, Vatan himoyachilari kunining jamiyat hayotidagi ahamiyati, milliy armiyamiz nufuzi va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida to‘xtaldi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy xavfsizlik va boshqaruv kafedrasi professori Nazarov Alisher Narimanovich tomonidan mamlakat xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy tahdidlar va ularga qarshi samarali kurashish masalalariga bag‘ishlangan mazmunli ma’ruza taqdim etildi.

Tadbir davomida ushbu kafedraning katta o‘qituvchisi Yusupov Ravshan Saypiddinovich ham so‘zga chiqib, Vatan himoyachilarining yuksak mas’uliyati, fidoyiligi va kasbiy mahorati xususida atroflicha fikr bildirdi.

 

 

Mazkur seminar ishtirokchilar uchun yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi burch va mas’uliyatni yanada chuqurroq anglashga, shuningdek, Vatanga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga muhim turtki bo‘ldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube