15-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetda “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi

Tadbirda Toshkent Islom instituti mas'ul yetakchi ilmiy mutaxassisi I.Junadullayev, OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov, universitet boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari va dekan muovinlari, xotin-qizlar ishlari boʻyicha mas’ul xodimlar, psixologlar hamda talabalar ishtirok etdi. 

 

 

Dastur davomida bugungi kunda dunyoda ilmsizlik va jaholat oqibatida yuzaga kelayotgan ekstremizm va terrorizm deb atalmish balo barchani tashvishga solayotganligini, yoshlar ongini egallash hamda ularni oʻz taʼsiriga olish, oʻzlarining buzgʻunchi gʻoyalar singdirishga harakat qilayotganligi aytib oʻtildi. Shuningdek, ushbu mavzuda oʻtkazilayotgan bunday tadbirlar talabalarni ogohlikka chaqirish maqsadida tashkil etilayotganligi ta’kidlandi. 

Davra suhbati savol-javobga boy tarzda oʻtdi. Talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube