2023-yil 18-noyabr kuni Indoneziyaning Taʼlim akkreditatsiyasi agentligi bilan OʻzDJTU oʻrtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Ushbu tadbirda agentlik rahbari Muhlas Samani hamda bir qator Indonesia oliy taʼlim muassasalari rektor va prorektorlari ishtirok etdi.
Tomonlar OʻzDJTUni tashqi akkreditatsiyadan oʻtkazish, shuningdek almashinuv dasturlarini amalga oshirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik qilish, turizm yoʻnalishini rivojlantirish borasida kelishuvga erishdilar.