2026-yil 15–19-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida umumta’lim maktablarida ingliz tilini o‘qitish va amaliy kommunikatsiyani rivojlantirishga qaratilgan bir qator dars va tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, 2026-yil 15-may kuni Chilonzor tumani 164-sonli umumta’lim maktabida Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari Sultonova Nigora va Samanova Shahlo tomonidan bitiruvchi talabalar ishtirokida “Uplifting Confidence through English Communication” nomli ingliz tili festivali o‘tkazildi. Musobaqa va interaktiv topshiriqlar asosida tashkil etilgan festivalda sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar va jamoaviy faoliyatlar namoyish etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar hay’at tomonidan adolatli baholanib, munosib taqdirlandilar.
2026-yil 18-may kuni esa 283-sonli umumta’lim maktabida Ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida, 4-bosqich talabalari S. Boynazarova va N. Rustamova tomonidan olib borildi. “Dream Job” mavzusiga bag‘ishlangan dars davomida o‘quvchilar orzudagi kasblar haqida yangi so‘z va iboralarni o‘rgandilar, kelajak rejalari haqida ingliz tilida fikr bildirishni mashq qildilar hamda o‘qish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Shuningdek, Personal Pronouns grammatik mavzusi amaliy mashqlar orqali mustahkamlandi.
2026-yil 19-may kuni Shayxontohur tumani 41-sonli umumta’lim maktabida Ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi o‘qituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida, 1-bosqich 2524-guruh talabalari Tojiboyeva Hurmatoy, Raxmonqulova Aziza va Olimova Jasmina tomonidan olib borildi. “One last lesson, one last fun” mavzusiga bag‘ishlangan darsda o‘quvchilar yil davomida o‘tilgan mavzularni takrorladilar, ingliz tiliga oid o‘yinlarda ishtirok etdilar hamda uy vazifalari tahlil qilindi. Mashg‘ulot yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.
Mazkur tadbirlar o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish hamda amaliy til ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
2026-05-21 11-01