22-dekabr kuni 283-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagi doirasida “Final Projects & Listening Showcase” mavzusida qiziqarli va mazmunli mashg‘ulot tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot kafedra o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida 4-bosqich talabalari N. Rustamova va S. Boynazarova tomonidan olib borildi.
Mashg‘ulotning asosiy maqsadi to‘garak qatnashchilarining o‘quv yili davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ingliz tilida tinglab tushunish, to‘g‘ri talaffuz hamda erkin muloqot qilish malakalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Dars jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining yakuniy kichik loyihalarini taqdim etdilar, qisqa audio materiallarni tinglab savollarga javob berdilar hamda sodda gaplar orqali o‘z fikrlarini ifoda etdilar. Shuningdek, guruhli ishlar, qiziqarli o‘yinlar va listening mashqlari tashkil etildi. Mashg‘ulot do‘stona, faol va ijodiy muhitda o‘tib, o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirdi hamda ularning o‘z bilimlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi.