18-fevral kuni 283-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida, 4-bosqich talabalari S. Boynazarova va N. Rustamova tomonidan olib borildi.

 

 

Mashg‘ulot “Healthy and Unhealthy Habits” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi. Dars davomida o‘quvchilar:
- sog‘lom va nosog‘lom odatlarga oid yangi so‘z va iboralarni o‘zlashtirdilar;
- kundalik hayotdagi odatlar haqida ingliz tilida fikr almashdilar;
 - o‘qish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirdilar;
- sog‘lom turmush tarzining ahamiyati yuzasidan o‘z qarashlarini ifoda etdilar.

Shuningdek, Past Simple (regular verbs) grammatik mavzusi izchil tushuntirildi. O‘quvchilar muntazam fe’llarning o‘tgan zamon shakllarini (-ed qo‘shimchasi) qo‘llashni amaliy mashqlar orqali mustahkamlab, “I cleaned my room”, “She visited the doctor”, “They played football” kabi gaplar asosida nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘ladilar.

Mashg‘ulot o‘quvchilarning faolligi va qiziqishi bilan mazmunli ruhda yakunlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube