3-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston gandbol federatsiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.

Mazkur marosimda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamkorlikning ahamiyati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, uni yoshlar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va talabalarning jismoniy faolligini oshirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etdi.

Mazkur memorandum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-sonli qarorida belgilangan vazifalar, shuningdek hukumatning tegishli farmon va qarorlarida nazarda tutilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan. U gandbol sport turini rivojlantirish, uni yoshlar orasida keng targ‘ib etish va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasining sportdagi ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

-gandbol bo‘yicha seleksiya va saralash ishlarini tashkil qilish;
-universitet jamoasining shahar va respublika miqyosidagi musobaqalarda qatnashishini ta’minlash;
-sportchilarni munosib rag‘batlantirish;

-musobaqalarni va erishilgan yutuqlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish.

Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichini boshlab, sport orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube