4-fevral kuni Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis offline hamda ZOOM platformasi orqali tashkil etildi

Majlisda 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Xilari Mantel trilogiyasining tarixiy roman janri kontekstidagi badiiy o‘ziga xosligi” mavzusidagi dissertatsiya filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoya qilindi.

 

 

Himoya jarayonida rasmiy opponentlar o‘z fikr-mulohazalari va ilmiy xulosalari bilan qatnashdilar.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya mavzusi yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, ishning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati alohida e’tirof etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube