436-MTTda kapital ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Uchtepa tumani deputati I.M. Tuxtasinov va bir guruh mas’ullar Uchtepa tumani “Guzar” MFY hududida joylashgan 436-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Tashabbusli budjet” loyihasida g‘olib deb topilgan tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan kapital ta’mirlash ishlarining borishi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlarining amaldagi holati, ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli amalga oshirish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.