9-aprel kuni OʻzDJTU hamda Xitoy Milliy madaniyat markazi va Oʻzbekiston-Xitoy Savdo uyushmasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Mehmonlar rektor Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi rahbariyat vakillari tomonidan kutib olindi. 

 

 

Uchrashuvda Toshkentdagi Xitoy Milliy madaniyat markazi raisi Yan Yaoyong, O'zbekiston-Xitoy Savdo uyushmasi faxriy raisi Liu Dewen, uyushma ijrochi raisi Lin Guoshun, rais Chen Hong, va uyushmaning vitse-raisi Zhang Hongde ishtirok etdi. 

Dastur davomida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Xitoydan talabalarni jalb etish masalalasi muhokama qilindi. Shuningdek, OʻzDJTU Rus filologiyasi fakultetidan hamkorlik asosida xitoylik talabalar uchun maxsus talabalar turar joyini qurish rejalashtirildi. 

Uchrashuv yakunida ikki tomon uchun ham manfaatli boʻlgan kelishuvlarga erishildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube