Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng universitet rektori, p.f.d., professor I.M. Tuxtasinov so‘zga chiqib, Amir Temur shaxsining tarixiy ahamiyati, uning davlat boshqaruvidagi dono siyosati hamda boy ma’naviy merosi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Dastur davomida Milliy gvardiya harbiy-musiqaviy jamoasi chiqishlari, professor Zamonov Akbar Turg‘unovichning ma’ruzasi hamda talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

 

 

Qo‘shiqlar, raqslar, monolog va sahna ko‘rinishlari orqali Amir Temur siymosi va uning boy merosi keng yoritildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube