20 fevral kuni Angren fakultetida muhim tashrif amalga oshirildi. Universitetimizga Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sadiyev Valijon Alijonovich, talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Zikirov Odiljon Obidjonovich, shuningdek Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Xamrayev Maqsudjon Saidaxmadovich tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida mehmonlar fakultet binosida ochilish arafasida olib borilgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar hamda tekshiruv ekskursiyasini o‘tkazdilar. O‘quv auditoriyalari, mavjud infratuzilma, moddiy-texnik ta’minot va yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, talabalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy o‘quv muhitini yaratish masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur tashrif fakultet faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ochilish jarayonini yuqori saviyada tashkil etishga xizmat qiladi.