2025-yil 3-sentabr kuni Angren shahrida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Angren xorijiy tillar fakulteti o‘z faoliyatini boshladi.

Tadbirda Angren shahar hokimining o‘rinbosari Salim Anarboev, fakultet dekani Ixtiyor Bazarov so‘zga chiqib, birinchi kurs talabalarini samimiy tabrikladilar.

Shuningdek, yangi filialda talabalarga sifatli ta’lim olishlari, xorijiy tillarni chuqur egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.

Angren xorijiy tillar fakultetining ochilishi — universitetimiz faoliyatini yanada kengaytirish va hududlarda xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

 

   

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube