AQShning Brigham Young universiteti professori O‘zDJTUga tashrif buyurdi
2026-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning Brigham Young universiteti (Brigham Young University) professori Toni Braun (Tony Brown)ning rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv rektorat binosining 6-qavatida tashkil etildi.
Tadbirda O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i H. Yuldashev, shuningdek, professor Toni Braun hamda Saidov Doston ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ikki tomon universitetlar faoliyati, ta’lim jarayoni va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot almashdi. Shuningdek, Brigham Young universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuv, qo‘shma loyihalar va ta’lim sohasidagi istiqbolli tashabbuslar muhokama qilindi.
Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirar ekan, kelgusida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib oldilar.