Bitiruv loyiha ishlari himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi
2026-yil 28-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi bo‘yicha ingliz, nemis va fransuz tillari mutaxassisliklarida tahsil olgan tinglovchilarning bitiruv loyiha ishlari himoyasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Har bir bitiruv loyiha ishi attestatsiya komissiyasi tomonidan batafsil tahlil qilinib, tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalari, metodik yondashuvlari hamda amaliy ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi. Taqdimotlar davomida ishtirokchilar o‘z fikrlarini aniq va asosli tarzda ifodalab, yuqori darajadagi tayyorgarlikni namoyon etdilar.
Tadbirda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, bitiruvchilarni muvaffaqiyatli yakun bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida tinglovchilarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi, o‘quv jarayonidagi faolligi hamda kasbiy rivojlanishga intilishini alohida e’tirof etdi va ularning kelgusidagi pedagogik hamda ilmiy faoliyatiga omad tiladi.