BITIRUVCHILAR — KATTA HAYOT SARI!
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida Moskva davlat lingvistika universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” ta’lim yo‘nalishining uchinchi bitiruvchilarini katta hayot sari kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Feruza Rashidova, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Ilxomjon Tuxtasinov bitiruvchilarga diplomlarini tantanali ravishda topshirdi hamda ularni yangi hayot yo‘lida erishadigan kelgusi muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, omad va zafarlar tiladi.
Shuningdek, Feruza Rashidova so‘zga chiqib, bitiruvchilarni ushbu muhim hayotiy bosqich bilan qutladi va ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Tadbirda bitiruvchilarning ota-onalari ham so‘zga chiqib, farzandlarining erishgan yutuqlaridan mamnun ekanliklarini bildirib, universitet jamoasiga minnatdorliklarini izhor etdilar.
2026-08-07 08-33