Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich raislik qildi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat hujjatlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hujjatlarining universitetda ijro etilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi.

Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar rejasi, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, universitet Kengashi tarkibini qayta tasdiqlash, Axborot-resurs markazi hamda Registrator ofisining ish rejalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) qabul natijalari, izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari, ilmiy rahbar va maslahatchilari hamda tegishli kafedralarga biriktirilishi masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, fakultet va kafedralarning 2026-yil II choragida “Maqsadli ko‘rsatkichlar” doirasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlar tinglandi.

Kengash yig‘ilishida talabalar turar joyida yashash to‘lovi, 2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari, xorijiy professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini baholash, fakultetlarning milliy reyting natijalari, inklyuziv ta’lim strategiyasi hamda ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxatini tasdiqlash kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Shuningdek, “International KPI Dashboard” platformasini ishlab chiqish va joriy etish, “World languages innovation” MChJ spin-off korxonasini tashkil etish hamda ilmiy unvonlarga tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga vazifalar belgilandi.

So`nggi yangiliklar

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube