Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakulteti kechki ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining bitiruv oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda universitet rektori Ilhomjon Tuxtasinov ishtirok etib, bitiruvchilarni ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan samimiy tabrikladi hamda ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va omadlar tiladi.
Bayram tadbiri doirasida talabalar hamda taklif etilgan san’atkorlar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Musiqiy va sahna ijrolari bitiruv oqshomiga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir so‘ngida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim bitiruvchilar hayotidagi muhim bosqichni ifodalab, ular uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.