Dissertatsiya ishi ilmiy seminar doirasida muhokama qilindi

Dissertatsiya ishi ilmiy seminar doirasida muhokama qilindi0
Oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali Tohirova Dilrabo Muzaffar qizining 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Syuzan Hil asarlarida bola obrazining psixologik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi ilmiy seminar yig‘ilishida muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy ahamiyati, metodologik yondashuvlari va olingan ilmiy natijalari yuzasidan seminar ishtirokchilari tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, dissertatsiya muallifi berilgan savollarga batafsil javob berib, tadqiqotning asosiy jihatlarini atroflicha yoritib berdi.

Seminar yakunida dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, belgilangan tartibda navbatdagi ilmiy bosqichga tavsiya etildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube